Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaga hujum arafasida Moskvadan qochgan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oilasi tomonidan foydalanilgan shaxsiy samolyot endi Avstriyada joylashgan rus oligarxlari bilan aloqador charter kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Jurnalistlar tegishli surishtiruvni e’lon qildi.

Foto: Sputnik

Rossiyaning “Vajniye istorii” mustaqil nashri Putinning milliarder do‘sti Gennadiy Timchenko tomonidan sotib olingan 60 million dollarlik shaxsiy samolyot tafsilotlarini oshkor qildi. Surishtiruvda aviatexnika Putinning oila a’zolari, jumladan, uning qizi Katerina Tixonovaga xizmat qilgani aniqlandi.

Gulfstream G650 samolyoti Timchenkoga 2014-yilda AQSH sanksiyalari ostida qolganida sotilgandi. 

Vladimit Putin va Gennadiy Timchenko / 2017-yil
Foto: “TASS”

Shundan so‘ng u turli mamlakatlarning samolyotlari reyestrlariga o‘tkazilgan, samolyotning ro‘yxatga olish raqami o‘zgartirilgan. Hujjatlarda samolyot egasi sifatida ko‘rsatilgan offshor kompaniyalar bir necha bor o‘zgargan va 2018-yilda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya fondining sho‘ba korxonasi Amerivo Holdings Limited’ga o‘tgan.

2021-yilda samolyot Avstriyaning Avcon Jet charter kompaniyasiga topshirilgan, u eng yirik biznes aviatsiya operatorlaridan biridir. Kompaniyaning sobiq egalari “Gazprombank” rahbari Andrey Akimovning sobiq rafiqasi Yelena Akimova va Putinning do‘stlari bilan bog‘liq bizneslarga aloqador.

Putin oilasi foydalangan samolyot
Foto: Wikimedia Commons

Newsweek nashri izoh olish uchun elektron pochta orqali Avcon Jet bilan bog‘langan.

“Kompaniya Rossiya prezidentiga yaqin kishilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uzoq tarixga ega”, — deb javob bergan kompaniya rasmiysi va samolyot 2022-yil 23-fevralda, Putin Ukrainaga bostirib kirishidan bir kun oldin Moskvadan Jenevaga uchganini aytgan. Samolyotda kim bo‘lgani esa noma’lum.

Avcon Jet mamlakatda 2012-yilgi saylovlar oldidan bir guruh Putin tarafdorlarini Rossiya bo‘ylab olib yurgan.

Shuningdek, charter kompaniya rossiyalik oligarx va Putinning ittifoqchisi Boris Rotenbergga tegishli samolyotga xizmat ko‘rsatgan va 2014-yilda AQSH sanksiyalari kiritilganidan keyin ham buni davom ettirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »