Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush boshlanganidan keyin o‘z yaxtasini ta’mirlashga 3 milliard rubl sarfladi, deydi Aleksey Navalniy jamoasi. 22-avgust, seshanba kuni Navalniy saytida chop etilgan surishtiruvga ko‘ra, boshqa shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, Vladimir Putinga tegishli bo‘lgan “Greyseful” superyaxtasining ta’mirlanishi Rossiya prezidentiga 3 milliard rublga tushgan.

Navalniy jamoasining ta’kidlashicha, Putinga tegishli bo‘lgan boshqa ikkita yaxta — “Shehrazada” va “Olimpiya”da bo‘lgani kabi “Greyseful”da ham Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ishlaydi, bu yaxtani Putin o‘sha hududlarda bo‘lib turgan vaqtda Rossiya portlarida bir necha bor ko‘rishgan.

Putinning eng qimmat yaxtasi “Shehrazada” Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli 2022-yilning may oyida Italiya portlaridan birida qo‘lga olingandi. Ammo urush boshlanishidan oldin Putin “Greyseful”ni Germaniyadagi ta’mir joyidan Rossiyaga qaytarib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng, yaxtani ta’mirlash Rossiyada davom etdi, deydi surishtiruv mualliflari. Ular havola qilgan hisob-kitoblar va loyihalarga ko‘ra, yaxtada boshqa narsalar qatorida vertolyot maydonchasi, pianino va televizorli dam olish xonasi, oziq-ovqat lifti, sport zali, raqs maydonchasi, kino zali va basseyn bor. Navalniy jamoasining qayd etishicha, uning katta qismi qayta tiklangan – ta’mirlash xarajatlari taxminan 3 milliard rubl yoki 32 million dollarni tashkil qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »