Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Tver viloyatida samolyot qulashi oqibatida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin halok bo‘lgani aytilmoqda. Bir qator rus Telegram kanallari bu bo‘yicha ma’lumot berdi. Mazkur ma’lumot hali rasman tasdiqlanmagan. 

Foto: “Tass”

23-avgust kuni Tver viloyatida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot qulab tushdi.  RA-02795 davlat raqami bo‘lgan Embraer Legacy 600 biznes-jeti Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan bo‘lgan. Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi aviahalokatda 10 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Bortda 10 kishi, jumladan 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. “Vagner” kampaniyasiga aloqador Grey Zone kanali Embraer biznes-jeti havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda. Samolyot yo‘lovchilari orasida Prigojin ham bo‘lgani aytilmoqda. 

Rossiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, samolyot qulagan joyda sakkiz kishining jasadi topilgan. “Rosaviatsiya”ning maxsus tuzilgan komissiyasi samolyotning qulash holati va sabablarini o‘rganishga kirishdi.

Mutaxassislar “qora qutilar”dagi yozuvlarni topib, o’rganib chiqishi kerak bo‘ladi. Samolyot qulagan joyda 8 kishining jasadi topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »