Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

24-avgust kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Koreyaliklar Fukusima atom elektr stansiyasidagi suvni dengizga tashlashga qarshi norozilik bildirmoqda.
Foto: Reuters
Bordo provinsiyasida o‘simliklar bargi va mevalariga yopishgan mog‘or tufayli uzum hosili xavf ostida qolyapti.
Foto: Reuters
Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” yollanma askarlari yetakchisi Yevgeniy Prigojin halokatga uchragan shaxsiy samolyot qoldiqlarini suratga olayotgan operator.
Foto: Reuters
Iroq sahroga aylanib bormoqda: qum ko‘payib, suv kamaymoqda.
Foto: Reuters
Mahalliy aholi Zimbabvening Kvekve shahrida bo‘lib o‘tadigan umumiy saylov paytida ovoz berishni kutishmoqda.
Foto: Reuters
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida BRIKS sammitining matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Foto: Reuters
Fransiyaning Nante shahridagi yuqori harorat paytida favvorada salqinlanayotgan bolakay.
Foto: Reuters
Fukusima AES radioaktiv suvlarni Tinch okeaniga oqizishi munosabati bilan Seuldagi Yaponiya elchixonasiga kirishga uringan universitet talabasi qo‘lga olindi.
Foto: Reuters
Yaponiya 2011-yilda sunami tufayli avariya yuz bergan “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi oqova suvlarni okeanga to‘kishni boshladi.
Foto: Reuters
61 yoshli mahalliy fuqaro Viktoriya Aksyonova Ukrainaning Rossiya nazoratidagi Donetsk shahridagi snaryaddan zarar ko‘rgan kvartirasini vayronalardan tozalamoqda.
Foto: Reuters
Kaliforniyada sodir bo‘lgan ommaviy otishmada kamida to‘rt kishi vafot etdi.
Foto: Reuters
Filippinning Manila shahrida “Franklin” to‘foni mamlakat bo‘ylab o‘tishi ehtimoli tufayli ogohlantirish e’lon qilindi.
Foto: Reuters
Braziliyaning San-Paulu shahri markazida giyohvandlar ko‘pligi tufayli ushbu hududdagi do‘konlar ishlamayapti. Sotuvchilar muammo hal etilmaguncha do‘konlarini ochishdan bosh tortmoqda.
Foto: Reuters
Favqulodda yordam xodimlari Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchragan “Vagner” yollanma askarlari yetakchisi Yevgeniy Prigojinning shaxsiy samolyoti vayronalari yonidan jasad solingan qoplarni ko‘tarib ketishmoqda.
Foto: Reuters
London hayvonot bog‘i mutaxassisi pingvinlarni sanab, bo‘yi va vaznini o‘lchamoqda.
Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »