Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda viloyat hokimi Erkin Turdimov va uning o‘rinbosarlarini tanqid qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident elektr energiyasidagi taqchillik o‘tgan yilgiga nisbatan og‘irroq bo‘lishi mumkinligini aytib, hokimdan kafolat talab qildi.

“Samarqandda so‘nggi besh yilda elektr isteʼmoli 1,5 baravarga oshgan, lekin viloyatda deyarli generatsiya yo‘qligi sabab yil yakunida 650 million kilovatt soat yoki o‘tgan yilgiga nisbatan uch baravar ko‘p defitsit bo‘lishi kutilmoqda. Hamma topshiriqni beryapmiz. Lekin qishda svet o‘chsa, samarqandliklar Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayerga qarayapti, deydi. Tuman hokimi, viloyat hokimining noinsof o‘rinbosari shu sohaning egasi, oylik olyapti noinsof, demaydi.

Shuning uchun Turdimov bugun 650 million kilovatt nima bo‘ladi degan savolga tilxat bilan chiqasan. Men uni internetda tarqataman. Men hokim bo‘lib jamoam bilan kafolat beraman de, bo‘lmasa ana u muoviningni ishdan olib ketaman, o‘tir.

Bu viloyatning bir oylik elektr isteʼmoliga teng degani. Viloyatda ikkita mini GES 50 megavatt, bitta quyosh stansiyasi 300 megavatt ishlab chiqaradi, boshqa hech balo yo‘q. Tarmoq eskirgani sabab yiliga 550 million kilovatt soat elektr yo‘qotilyapti. Bu xiyonat, qip-qizil xiyonat.

Ahmadxo‘jayev janobi oliylari, shu yerda qolasan, ketma Toshkentga. Ertaga vaziring keladi komandirovkadan, uni ham jo‘nataman. Necha marta aytish kerak, kengashda tasdiqlaganmisizlar buni? Hisob-kitobi bormi? Shuni hal qilib menga hisob berasan”, — degan prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »