Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zi hind aktrisalarining ismlarini bolalikdan bilamiz. Boshqalar bizga yaxshi tanish, chunki ular jurnal muqovalarini tark etmaydi va nafaqat hind kinosini, balki Gollivudni ham zabt etgan. Bu aktrisalar nafaqat iste’dodli, balki o‘ziga xos uslub va jozibaga ham ega.

Ayshvariya Ray

Foto: Getty Images

Ko‘pchilik taniqli aktrisa Ayshvariya Ray aktrisalik faoliyatini 1994-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovidagi g‘alabasidan keyin boshlagan deb o‘ylaydi. Ammo qiz o‘sha paytga qadar filmlarda rol o‘ynash uchun kamida 4 ta taklifga ega edi. Uning ishtirokidagi “Devdas” (2002) kartinasi ming yillikning eng yaxshi filmlaridan biri sifatida tan olingan.

Ayshvariya sog‘lom ovqatlanish tarafdori bo‘lsa ham parhezni yoqtirmasligini tan oladi. Ekzotik lolalarning turlaridan biri uning nomi bilan atalgan.

Frida Pinto

Foto: Getty Images

Frida Hindistonning Bombey shahrida tug‘ilgan bo‘lsa-da, ota-onasi asli portugaliyalik. Uning familiyasi portugal tilida “qushcha” degan ma’noni anglatadi. Qiz 11 yoshida aktrisa bo‘lishni xohlaydi. Ammo karyerasini boshlashdan oldin 2 yil professional model sifatida ishlagan.

“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Xarobadan chiqqan millioner” filmidagi bosh qahramonning sevgilisi roli unga olamshumul mashhurlik keltiradi. Shundan so‘ng iste’dodli qiz o‘zini ko‘p qirrali aktrisa sifatida ko‘rsatadi, “Maymunlar sayyorasining yuksalishi” fantastik filmida va Vudi Allenning komedik dramasida rol o‘ynaydi. Tez orada “Janob Malkolm ro‘yxati” tarixiy dramasi ekranga chiqadi, unda Frida bosh rolni o‘ynagan.

Priyanka Chopra

Foto: Getty Images

Priyanka Chopra — nafaqat Bollivudda, balki Gollivudda ham mashhur aktrisa. Maktabni bitirgach, u dasturchi yoki psixolog-kriminalist bo‘lishni xohlaydi. Ammo 2000-yilda “Dunyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritib, aktrisalikka o‘qiydi va kinodagi faoliyatini boshlaydi.

“Kuantiko” filmida bosh rolni ijro etishdan oldin Priyanka pop yulduzi edi. U Hindistonda muvaffaqiyat qozongan bir nechta musiqiy singllarni chiqaradi. Aytgancha, Chopra aktrisa Sofi Tyornerning ovsini. Axir, ularning turmush o‘rtoqlari musiqachi aka-uka Nik va Jo Jonas.

Karina Kapur

Foto: Getty Images

Karina mashhur hind rejissori Raj Kapurning nabirasi. Aytgancha, mashhur bobo unga Sidxima deb ism qo‘ymoqchi bo‘lgan. Avvaliga qiz aktrisa bo‘lishni xohlamagan, hatto Garvardda mikrokompyuterlar va axborot texnologiyalarini o‘rgangan. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, Karina aktyorlik sulolasini davom ettirishga qaror qiladi.

Uning ishtirokidagi mashhur filmlar juda ko‘p — “Uch telba”, “Do‘st bo‘lib qolamizmi?”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” shular jumlasidan. Aktrisa 2 ta avtobiografik kitob ham yozgan.

Kajol

Foto: Getty Images

Kajol Devgan ham aktyorlar sulolasining davomchisi, sulolaning 4-avlodi. Ayshvariya Ray bilan birga u Bollivudning eng mashhur aktrisalaridan biri hisoblanadi. Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar “Mening ismim Xon”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” va “O‘g‘irlanmagan kelin”.

1999-yilda yulduz aktyor va rejissor Ajay Devgan bilan turmush qurgan, er-xotinning 2 farzandi bor. Kajol bo‘sh vaqtini xayriya ishlariga bag‘ishlaydi va she’r yozadi.

Sushmita Sen

Foto: Getty Images

Sushmita “Koinot go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan birinchi hindistonlik. Bu mukofotga 1994-yilda 18 yoshdaligida erishadi. Bir necha yil o‘tgach, u aktrisa sifatida ish boshlaydi. Sushmitaning eng katta muvaffaqiyati mashhur aktyor Shohrux Xonning sevgilisi rolini o‘ynagan “Men yoningdaman-ku” jangovar filmidagi ishtiroki bo‘ldi.

Aliya Bhatt

Foto: Getty Images

Aliya Bhatt rejissor Mahesh Bhatt va aktrisa Soniya Razdan oilasida tug‘ilgan. U o‘smirlik chog‘idayoq kinoda muvaffaqiyatga erishgan. “Uchib ketayotgan Panjob”dagi roli uchun Aliya “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida Hindiston “Oskari”ni oladi. 2022-yilda u Raj Kapurning nabirasi Ranbirga turmushga chiqadi.

Filmlardagi faoliyatidan tashqari, Aliya Bhatt atrof-muhitni muhofaza qilish kampaniyalarida ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zining ayollar kiyimlari brendini ishlab chiqqan. Uning ishtirokidagi so‘nggi filmlardan biri — “Gangubay Katavadi” Berlin kinofestivalida namoyish etildi.

Priti Zinta

Foto: Getty Images

“O‘tkinchi dunyo” va “Salom Namaste” filmlarining yulduzi ingliz va jinoiy psixologiya bo‘yicha imtiyozli diplomga ega. Uning aktrisa sifatidagi faoliyati shokolad reklamasi bilan boshlangan.

Aktrisaning qahramonlari hind filmlari qahramonlari haqidagi umumiy qabul qilingan g‘oyani o‘zgartirmoqda. Jumladan, “Yengiltak qiz” filmida u turmushga chiqmasdan homilador bo‘lgan qiz rolini o‘ynagan.

Rani Mukerji

Foto: Getty Images

Rani oilasining ko‘plab a’zolari faoliyatini kino bilan bog‘lab, rejissor, aktyor, prodyuserlik qilishadi. “Oilamizda juda ko‘p aktrisalar bor edi, shuning uchun dastlab men boshqa odam bo‘lishni xohlardim”, — deb eslaydi qiz.

Shunga qaramay, Rani filmlarda rol o‘ynashni boshlaydi va hatto Bollivudning eng yaxshi aktrisalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda u kinodan tashqari xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanib, ayollar va bolalar muammolariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Dipika Padukone

Foto: Getty Images

Mashhur hind aktrisasi Daniyada tug‘ilgan, bir yildan so‘ng uning oilasi Hindistonga ko‘chib o‘tadi. 2018-yilda Dipika yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritiladi. Qiz o‘z karyerasini “Kokteyl” va “Chennay ekspress” kabi romantik komediyalarda qatnashishdan boshlagan. Tez orada aktrisa “Stajyor” komediyasining hind remeykida ham ko‘rinish beradi.

Dipika taniqli rejissor Raj Kapurning nabirasi bilan munosabatda bo‘lgan, biroq yigit unga bir necha bor xiyonat qilganidan keyin ular ajralishadi.

Hema Malini

Foto: Getty Images

Egizak opa-singillar haqidagi mashhur film “Zita va Gita” yulduzi Hema Malini klassik hind raqslaridan biri — bharatnatyam texnikasini yaxshi o‘zlashtirilgan. Ammo aktrisa bugun bu raqslar omma orasida unchalik mashhur emasligidan afsusda.

Foto: Getty Images

Haqiqiy hayotda ham Hema Malini “Zita va Gita" filmidagi partnyorlaridan turmush qurish taklifini oladi. Shifokor rolini o‘ynagan Sanjiv Kumar qizning ota-onasidan turmush qurish uchun fotiha so‘raydi, qizning o‘zi ham rozi bo‘lgandek edi. Biroq suratga olish jarayonida aktrisa boshqa hamkasbi — o‘sha paytda 4 farzandning otasi Dharmendrani sevib qoladi. Hema va Dharmendraning nikohidan Ash va Ohan ismli 2 qizi bor. Ular ham ota-onasining izidan borib, filmlarda ham rol o‘ynashni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »