Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SSSR davrida O‘zbekistonni paxta yetishtiruvchi respublikaga aylantirilgani bir qator fojialarga olib kelgan. Bu haqda tarix bo‘yicha falsafa doktori Feruza Izzat YouTube’dagi “Qurultoy” loyihasidagi suhbatda aytib o‘tdi.

Feruza Izzat
Foto: YouTube

Feruza Izzat suhbatda 1959—1983-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi bo‘lgan Sharof Rashidov shaxsiyati va siyosiy faoliyatini tahlil qilgan. Mutaxassisning aytishicha, Rashidov mamlakatni paxta respublikasiga aylantirilishiga sababchilardan bo‘lgan.

“Paxta ishi”ning ildizlarini Brejnev va Rashidov orasidagi munosabatlarga taqasak bo‘ladi. 1974-yilda O‘zbekiston 5 million tonna paxta topshirib, “plan”ni ortig‘i bilan bajaradi. Aslida rejada 1,5 million tonna belgilangandi. Lekin ob-havo juda yaxshi kelib, hosil ortig‘i bilan topshirilgan. Keyin Brejnev (1964­—1982-yillarda SSSR rahbari – tahr.) o‘zi kelgan va mukofot bergan. 1976-yilda Toshkentda kompartiya syezdi bo‘lgan va o‘sha yerda Rashidov: “Bundan bu yog‘iga har yili 5 million tonna paxta beramiz, 1983-yilga chiqib, 5,5 million tonnaga chiqaramiz” degan paytda Brejnev ham majlisda bo‘lgan va Rashidovga “Undan ham ko‘paytirishning iloji yo‘qmi? 6 million tonna qila olmaysizlarmi?” deb so‘ragan.

Shu bilan Rashidov “harakat qilamiz”, degan. Endi yo‘q, deb bo‘lmaydi-ku. Rashidov Brejnev bilan yaqin aloqada bo‘lgan. U juda yaxshi siyosatchi edi. Qayerda qanday gapirish, qanday harakat qilish kerakligini juda yaxshi bilgan. Ammo o‘sha paytda hammaning oldida “yo‘q, bo‘lmaydi, qila olmaymiz”, deya olmagan. Fojia o‘shandan boshlangan, — dedi tarixchi.

Sharof Rashidov
Foto: Yaxdex

Suhbat davomida Feruza Izzat paxtani O‘zbekiston uchun falokat deb bilishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston shimoliy mintaqa va paxtachilikka ixtisoslashgan mintaqa emas aslida. Suv ham ko‘p emas. Mana Orol fojiasi ham aynan paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilmaganimiz uchun kelib chiqdi. Paxta hosili ob-havoga juda ham bog‘liq. Fikrimcha, O‘zbekistonni paxta respublikasiga aylantirilgani juda katta xato bo‘lgan. Chunki bu ko‘plab fojialarga olib kelgan. Haligacha Orol fojiasining ekologik taʼsirini ko‘rib turibmiz. Rashidov o‘sha paytda qattiq turib, “yo‘q, qila olmaymiz”, deganda balki bunaqa bo‘lmasdi, deb o‘ylayman, — dedi olima.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘sha davrda paxta “plan”ini to‘ldirish uchun aslida yo‘q hosilni, bor deb qo‘shib yozish avj olgan.

Sxemalarni qaraydigan bo‘lsangiz, 5 yilning ichida kamida 5 million tonna paxta qo‘shib yozilgan. Yaʼni yo‘q paxta, ro‘yxatga bor deb yozilgan. Rashidov paxtani qo‘shib yozishlarni bilmaganmi, degan savol paydo bo‘ladi. Bunchalik katta miqdordagi qo‘shib yozishlarni bilmaslikning iloji yo‘q. Hattoki Brejnev ham bilgan. Sovuq urush davrlari hamma SSSRga ko‘z tikib turgan payt har bir hujjatlar juda yaxshi kuzatib turilgan, — dedi Feruza Izzat.
Sharof Rashidov va Leonid Brejnev
Foto: Yandex

Mutaxassisga ko‘ra, Sharof Rashidov vafotidan keyin “paxta ishi”, ya’ni paxta bilan bog‘liq fosh etilgan jinoyatlarni matbuotga “paxta ishi” degan umumiy nom ostida olib chiqish avj olgan.

“Paxta ishi” aslida bitta ish emas, juda ko‘p ish. Uning ichida juda katta qonunbuzarliklar ham bo‘lgan. Menga qiziq bo‘lgani, nega aynan O‘zbekiston? Butun ittifoq bo‘yicha haqiqatan O‘zbekiston shunchalik korrupsiya botqog‘iga botib ketganmi, degan savol qiziqtirdi. Aslida qaraydigan bo‘lsangiz, faqat O‘zbekiston emas, hali Rashidovdan, “paxta ishi”dan ham oldin, Brejnev davrida Ozarbayjonda, Gruziyada juda katta korrupsion sxemalar, mojarolar bo‘lgan”,— dedi tarixchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »