Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent metrosida poyezdlar oraliq vaqti qisqartiriladi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati O‘zAga ma’lum qilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

4-sentabrdan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi sabab shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab oshadi. Mazkur talabni qondirish va metrodan foydalanishda yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida poyezdlar vaqt oraliqlari qisqartirilishi rejalashtirilgan.

Xususan, tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3,5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida esa, 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, bugungi kunda ishga chiqarilayotgan 1464 ta avtobuslar sonini 1550 tagacha va bajariladigan qatnovlar sonini 21,7 mingtadan 22,8 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, sentabr oyi davomida qo‘shimcha yana 9 ta yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »