Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zan komediya va fantaziyalardan dam olib, ko‘ngilni bo‘shatib olish uchun qayg‘uli dramalarni tomosha qilish foyda beradi. Siz uchun jahon kinosining eng g‘amgin dramalarini to‘pladik

“Muhabbat masofasi” (2019)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 7.2

O‘smirlar Stella va Uill og‘ir kasallik — mukovistidozdan aziyat chekadi. Ular shifoxonada tanishadi. Faqat Uill tuzalishni juda xohlasa ham, shifokor ko‘rsatmalariga amal qilmaydi. Stella yigitga yordam berishga qaror qiladi va uning davolanishini nazorat qila boshlaydi. Sekin-asta qahramonlar bir-birini sevib qolishadi. Biroq bir muammo bor: infeksiyaga chalinmaslik va asoratlarga duch kelmaslik uchun ular har doim besh qadam masofada bo‘lishi kerak.

“Sen bilan uchrashguncha” (2016)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 7,4

Luiza oilasini boqish uchun kafeda ishlashga majbur. U o‘qish, o‘z-o‘zini rivojlantirish haqida anchadan beri o‘ylamay qo‘ygan. Kafe yopilib, qiz ishsiz qoladi. Ish qidirib yurgan Luiza falaj bo‘lib qolgan Uillni qarash uchun yollanadi. U yigitning o‘ziga, istaklari va imkoniyatlariga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga harakat qiladi. Va, albatta, qahramonlar bir-birini sevib qolishadi.

“Daho” (2020)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 7,2

Yujin Smit (Jonni Depp) buyuk fotograf. Ammo u yoshi va og‘ir xarakteri sabab ishidan bo‘shatilish arafasida turibdi. Bir kuni uning kvartirasi ostonasida paydo bo‘lgan qiz Yujinni ishdan haydalishidan asrab qoladi. U vatani Yaponiyadagi ekologik muammoni yoritishda yordam so‘raydi. Sanoat korxonasi uzoq yillardan beri zaharli chiqindilarni daryoga tashlab keladi. Zaharlangan daryodan baliq yeyishga majbur bo‘lgan yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi ommaviy kasal bo‘lib, bolalar og‘ir xastaliklar bilan tug‘iladi. Ancha o‘ylagan Yujin yordam berishga rozi bo‘ladi.

“Dovul iskanjasida” (2018)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 6,6

Temi va Richard pul evaziga okeanning yarmini yaxtada bosib o‘tishga rozi bo‘lishadi. Sayohat paytida yigit qizga turmush qurishni taklif qiladi. Shundan so‘ng qahramonlar kuchli bo‘ron iskanjasida qoladi. To‘fon Richardni bortga uloqtiradi. Yaxta parchalanib, Temi olgan jarohatlaridan hushidan ketadi. Keyinchalik u o‘ziga keladi, lekin endi u yakka-yu yolg‘iz qolgandi. Qizning ahvoli og‘irlashib, ko‘ziga gallyutsinatsiyalar ko‘rina boshlaydi.

“Meni esla” (2010)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 7.1

Tayler (Robert Pattinson) akasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kelolmaydi. Hech kimning u bilan ishi yo‘q: otasi o‘z ishi bilan band, onasining e’tibori esa yangi eri va kenja qizida. Tayler uchun yagona tasalli — singlisi va do‘sti Eydandir. Bir kuni qahramon hibsga olinadi. Uni qamagan politsiyachining qizi bilan bitta kollejda o‘qishini bilib qoladi. Politsiyachidan qasos olmoqchi bo‘lgan Tayler uning qizi bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi. Ammo ularning munosabatlarini fojiali sinov kutib turibdi.

“Agar hayotda qolsam” (2014)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 6,7

Mianing hayotida juda ko‘p o‘zgarishlar yuz beradi. U yigiti bilan ajrashadi. To‘satdan Mia va uning oilasi avtohalokatga uchraydi. Qizning ota-onasi vafot etadi, qahramonning o‘zi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga tushadi. Mianing ruhi tanasidan ajralib, sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatadi: unga qanday munosabatda bo‘lishlari, bobosi va buvisi va hatto sobiq sevgilisi qanday yashayotganini ko‘rib turadi. Endi qahramon tanlashi kerak: ota-onasi bilan narigi dunyoda qolish yoki hayot unga berishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarga qaytish.

“Seni sevaman” (2007)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 7

Xollining eri Jerri og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tadi. Bu voqea qahramonni ruhiy tushkunlikka soladi. U uydan chiqmay qo‘yadi — faqat televizor ko‘radi va uy telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, telefonga yozilgan erining ovozini eshitib yuradi. Tug‘ilgan kunida Xolli eri unga bir nechta xabarlar qoldirganini bilib qoladi. Ularning har birida u o‘z hayotidagi ba’zi muhim voqealarni eslab, sevgilisiga u bo‘lmagan yangi hayotdan zavqlanishni o‘rganishni aytib ketgandi.

“Hamon o‘sha Elis” (2014)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi - 7,5

Elis (Juliana Mur) universitetda tilshunoslikdan dars beradi. Uning mehribon eri va uchta voyaga yetgan farzandi bor. Hayot go‘zal. Ammo Elis Alsgeymer kasalligiga chalinganini bilgach, hamma narsa o‘zgaradi. Qahramon vaqt o‘tishi bilan uning ahvoli yomonlashishini tushunadi. Endi u xotirasi butunlay yo‘qoladigan vaqtga tayyorlanishi kerak.

“Yulduz tug‘ildi” (2018)

Foto: Filmdan kadr

IMDb reytingi — 7,6

Keksa musiqachi Jekson yosh qo‘shiqchi Elli bilan tanishadi. U chiroyli kuylaydi va qo‘shiq yozadi, lekin ularni ijro etmaydi. Bir vaqtlar u shou-biznesga kirishni orzu qilgan, hozir esa Elli ofitsiant bo‘lib ishlaydi. Jekson qizni mashhur qilishga bel bog‘laydi. Lekin shou-biznesga qadam qo‘ygan Ellining o‘zgarishi erkakni yanada tushkunlikka soladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »