Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir necha yil oldin yulduzlarni ortiqcha kilo uchun tanqid qilish mutlaqo normal deb hisoblangan. Ammo bugungi kunda bunday gaplar shunchaki bema’ni narsadek tuyuladi.

Jennifer Eniston

Foto: Getty Images

Bugungi kunda Jennifer Eniston millionlab ayollar uchun go‘zallikni o‘zida mujassam etgan aktrisa hisoblanadi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, “Do‘stlar” filmidagi Reychel rolini olish uchun aktrisa 13 kiloga ozgan. 90-yillarda eng yaxshi rollar odatda nozik aktrisalarga berilardi. Va muvaffaqiyatga erishish uchun aktrisalar ko‘p narsalarni qurbon qilishlari kerak edi. Enistonning misolida bu sutli kokteyllar va mayonez bo‘lgan. Ammo Eniston shundan so‘ng diyetasini qayta ko‘rib chiqib, to‘g‘ri ovqatlanishni boshlagani uchun taqdirdan minnatdor.

Keyt Bekinseyl

Foto: Getty Images

Keyt qizi tug‘ilgandan so‘ng “Perl Harbor” filmidagi rol uchun kastingdan o‘tadi. Aktrisa avvalgi vazniga qaytishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da, prodyuserlar bu yetarli emasligini, yanada qattiqroq mashq qilish kerakligini aytishadi. “Men 1940-yillardagi hamshira nima uchun bunday ozg‘in bo‘lishi kerakligini tushunmaganman”, deb eslaydi aktrisa. Ammo eng haqoratlisi rejissorning Keytni jozibali emasligi uchun tanlaganini aytgani bo‘lgan.

Margo Robbi

Foto: Getty Images

Margo Robbi bugungi kunda dunyodagi eng talabgir aktrisalardan biri. Biroq uning karyerasi har doim ham silliq ketmagan. Faoliyatining boshida aktrisaga muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshirish uchun bir necha kilogramm yo‘qotish tavsiya etilgan. Ammo Margo bu maslahatga e’tibor ham qilmagan.

Keyt Uinslet

Foto: Getty Images

Nufuzli “Oskar”, BAFTA, “Oltin globus” va “Emmi” mukofotlari sovrindori faoliyati davomida uning vazni haqida haqoratomuz fikrlarni ko‘p eshitgan. Aktyorlik maktabida yosh Keyt semiz ayollarni o‘ynashi bashorat qilingan. Aktrisa “Titanik” filmidagi orzu qilingan rolni o‘ynagach, olamshumul mashhurlikka erishadi. Mashhur komediyachi Joan Rivers Uinslet haqida hazillashib, agar Rouz bir necha kiloga ozganida, Jek ham yog‘ochga sig‘ishi mumkinligini aytadi. Bugungi kunda bunday gaplar no‘rin, chunki aktrisaning vazni atigi 63 kg, bo‘yi 170 sm.

Sofi Terner

Foto: Getty Images

“Taxtlar o‘yini” yulduzi o‘smirlik negativ fikrdagilarning qurboni bo‘lgan. Shou muxlislari qizning qomatini batafsil muhokama qilgan. Film boshliqlari, hatto qahramonga hech qanday aloqasi bo‘lmagan taqdirda ham, Sofidan rollar uchun vazn yo‘qotishni so‘rashgan. Bunday gaplar qizning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qilgani sababli psixoterapevt yordamiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Amanda Sayfred

Foto: Getty Images

2013-yilda aktrisa o‘zining “ortiqcha” vazni tufayli bir nechta rollarni deyarli yo‘qotgani haqida ochiqchasiga aytib berdi. Faoliyatining boshida qiz amallab 5 kiloga ozadi, shuning uchun u o‘zini Gollivud uchun yetarlicha nozik deb hisoblamaydi. Ammo keyinchalik Amanda bundan afsusda ekanligini va shu qomatini ko‘proq yoqtirishini tan oladi.

Nikol Richi

Foto: Getty Images

Bugungi kunda bunga ishonish qiyin, ammo 2003-yilda Nikol Richi dunyo oldida “Oddiy hayot” realiti-shousida chiqqanida, OAV unga “semiz qiz” laqabini bergan. Albatta, bunday baholashning voqelikka hech qanday aloqasi yo‘q edi, lekin jurnalistlar uchun voqelikni buzib ko‘rsatish qiyin emasdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »