Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud majlisi, qisqa tanaffusdan so‘ng 25-avgust kuni o‘z ishini davom ettirgani, unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq direktorining ikki nafar sobiq o‘rinbosari tinglangani xabar berilgandi. Bugungi sud majlisida agentlik sobiq direktorining sobiq birinchi o‘rinbosari A.A. ham so‘roq qilindi.

Foto: “Daryo”

Sudlanuvchini savolga tutgan advokati M.Madaminov himoyasi ostidagi sudlanuvchi mazkur jinoyat ishi doirasida dastlab gumonlanuvchi sifatida ishga jalb etilganini, so‘ngra ish davomida guvoh sifatida ham so‘roq qilinib, o‘ziga qarshi ko‘rsatmalar berganini aytmoqda.

Advokat M.Madaminov
Foto: “Daryo”

Sudlanuvchining advokat savollariga javob berishicha, u ishga ayblanuvchi sifatida jalb etilganidan so‘ng tergov organi tomonidan guvoh sifatida ham ishga jalb qilingan. Ammo unga tergovchi tomonidan guvoh tariqasida so‘roq qilinishidan avval guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermasligi haqida tushuntirish berilmagan.

Sud ayni shu joyiga kelganida sudlanuvchi tobi bo‘lmayotganini, savollarga javob berishga sog‘lig‘i javob bermasligini maʼlum qilgach, sud sudlanuvchini tez tibbiy yordam shifokoriga yubordi. Ishda 10 daqiqalik tanaffus eʼlon qilindi.

Foto: “Daryo”

Sudlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ish davom etganda ham sudlanuvchi yana tobi yo‘qligini, savollarga javob berishga sog‘lig‘i imkon bermasligini, ammo sud davom etsa, sudda o‘tirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Sud shundan so‘ng 2023-yilning 6-sentabr kuni soat 10:00 ga qadar tanaffus eʼlon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »