Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil kuchlari Al-Aqso masjidida juma namozi uchun yig‘ilgan falastinlik namozxonlarga hujum uyushtirdi, oqibatda kamida sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda Tasnim xabar berdi.

Illyustrativ foto: Middle east online

Hujum masjidga kirishdagi “Sherlar darvozasi” nomi bilan ham tanilgan Bab al-Asbatda yuz bergan. Namozxonlarga qarshi shovqinli granatalar va rezina o‘qlardan foydalanilgan. Hujumning birinchi nishoni keksa falastinlik bo‘lgan. Isroil politsiyasi falastinliklar bilan to‘qnashuv chog‘ida ularning 3 nafar a’zosi yaralanganini bildirdi.

WAFA axborot agentligi hujum oqibatida falastinlik erkakning oyog‘i singani va u yaqin shifoxonaga olib ketilgani, yana bir nafar falastinlik esa hibsga olinganini aytdi.

Isroil tomonidan masjid darvozalariga qo‘ygan qattiq cheklovlarga qaramay, bugun o‘n minglab odamlar Al-Aqso masjidi hududida juma namozini o‘qidi. Isroil politsiyasi o‘z xodimlarini ko‘cha va xiyobonga, shuningdek, Al-Aqso masjidi darvozalariga joylashtirib, namozxonlarning masjidga kirishiga to‘sqinlik qilgani aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »