Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud, 25-avgust kuni o‘z ishini davom ettirdi. Navbatdagi sud majlisida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq direktorining ikki nafar sobiq o‘rinbosari tinglandi.

Foto: “Daryo”

Sudda so‘z olgan sobiq o‘rinbosar N.M. sud jarayonida dastlab ko‘rsatmalarini aytib, so‘ngra berilgan savollarga javob qaytardi.

Sobiq mansabdorga savol bilan yuzlangan “tashqari”dagi sudlanuvchi N.Sh. (Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan sudlanuvchilar 14 nafar kishini, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan sudlanuvchilar 7 kishini tashkil qiladi - tahririyat izohi) “Dok-1 Maks”ga asal taʼmi qo‘shilgan paytda uning guvohnomasi muddati tugagan bo‘lsa, guvohnoma muddatini uzaytirish o‘rniga dori tarkibi o‘zgargani uchun unga yangi guvohnoma qilinishi lozim emasmidi, deya savol berdi.

Foto: “Daryo”

“Dori vositasining molekulasi o‘zgarmayapti-ku”, dedi bunga javob qilgan sudlanuvchi N.M. “Dori vositasining molekulasi etilenglikol qo‘shilganida o‘zgarib bo‘lgan”, dedi savoliga javob kutgan sudlanuvchi. Sobiq mansabdor N.M. esa “Ular bizga etilenglikol qo‘shilgani haqida hech qanday maʼlumot bermagan-ku”, dedi. Shunda N.Sh. “Kim sizga ishlab chiqarayotgan dorisiga zahar qo‘shilgani haqida xabar beradi”, deya qo‘shimcha savol berdi. Masʼul bunga “Bu — zahar emas, yot modda. Asal dori vositasining tarkibiga taʼsir qiladimi?”, dedi. Savol beruvchi sudlanuvchi esa “Albatta, boisi asal kimgadir allergiya berishi ham mumkin”, deb javob qildi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallari xulosalariga ko‘ra, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” (sirop) dori vositalarini isteʼmol qilgan 65 nafar bola o‘limiga mazkur dori vositalari tarkibidagi etilenglikol va dietilenglikol yot moddalaridan zaharlanish sabab bo‘lgan. Doridan zaharlangan bolalarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi kelib chiqqan.

Sudning dastlabki majlislarida so‘z olgan sudlanuvchilarning qayd etilishicha, “Dok-1 Maks” siropi O‘zbekistonga dastlab 2012-yil olib kirilgan. 2021-yil 22-oktabr kuni “Dok-1 Maks" siropini ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining muddatini uzaytirish uchun Davlat markaziga ariza topshirilgan. Hujjatlarda siropni ishlab chiqaruvchi Marion Biotech Pvt.Ltd kompaniyasining GMP sertifikati muddati 2021-yil 24-oktabr kuni tugashi ko‘rsatilgan bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »