Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin samolyoti qulagan joyda 10 kishining jasad va qora qutilarni aniqladi. Bu haqda “NTV” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Dastlabki tergov harakatlari davomida halokat joyidan 10 kishining jasadi topilgan. Ularning shaxsini aniqlash uchun molekulyar-genetik ekspertiza o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv davomida parvozni qayd qiluvchi qurilmalar (qora qutilar) aniqlangan, voqea joyini batafsil tekshirish davom etmoqda, halokatning barcha holatlarini aniqlash uchun muhim bo‘lgan ashyolar va hujjatlar olingan.

“Voqealarning barcha mumkin bo‘lgan versiyalari sinchkovlik bilan tekshiriladi”, — deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi.

Prigojin samolyoti halokati

Rossiyaning Tver viloyatida 23-avgust kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Pirgojinga tegishli samolyot halokatga uchradi, bortdagi 10 kishining bari halok bo‘ldi. Samolyot yo‘lovchilari orasida Prigojin bo‘lgani ma’lum qilindi, ammo uning o‘limi tasdiqlanmadi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning oilasiga hamdardlik bildirdi.

“Men Prigojinni juda uzoq vaqtdan beri: 1990-yillarning boshidan beri taniyman. U taqdiri murakkab, hayotda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan odam edi. Kerakli natijalarga erishdi. U iqtidorli inson, iqtidorli tadbirkor edi. Nafaqat mamlakatimizda balki chet elda, xususan, Afrikada ham faol ishladi. U yerda neft, gaz, qimmatbaho metallar va toshlar bilan shug‘ullangan”, — degan Putin.

Peskov “Vagner” rahbarining o‘limiga Putin aloqadorligini rad etdi. Tegishli fikrni Belarus rahbari Aleksand Lukashenko ham ilgari surdi. U Prigojin undan xavfsizlik kafolatlari so‘ramagani va “Vagner” Belarusda qolishini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham voqeaga munosabat bildirdi va Ukrainaning bunga aloqadorligini rad etdi. U aviahalokat ortida kim turganini hamma tushunishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »