Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab tomoshabinlar ushbu ro‘yxatdagi aktyorlarning ismini emas, ijro etgan roli orqali eslab qolgan. Ular “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi, mashhur bo‘ldi va keyinchalik karyerasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Roberto Benigni

Aktyor 1998-yilda “Hayot go‘zal” filmi uchun birdaniga ikkita: “Eng yaxshi chet tilidagi film” va “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Uning keyingi faoliyati bunday e’tiborning o‘ndan bir qismini ham jalb qilmadi.

Foto: The Voice

Edrian Broudi

2002-yilda aktyor Roman Polanskining “Pianinochi” filmida rol o‘ynadi va “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. U Parijda Vudi Allenning “Parijdagi tushlik” filmida rol o‘ynadi, ammo bu unga avvalgi shon-shuhratini qaytarishga yordam bermadi.

Foto: The Voice

Vupi Goldberg

Vupi Goldberg 1990-yilda “Ruh” filmida bosh rolni ijro etdi va “Oskar” mukofotining “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, shundan keyin aktrisa ijro etgan rollarning hech biri bu qadar muvaffaqiyatga erishmadi.

Foto: The Voice

Salli Fild

Aktrisa 1980-yilda suratga olingan “Norma Rey”, 1985-yilda taqdim etilgan “Yurakdagi joy” filmidagi rollari uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng aktrisa ko‘plab filmlarda rol o‘ynadi, ammo katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi.

Foto: The Voice

Mersedes Ruel

U “Baliqchi qirol” filmidagi roli uchun “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.  Uning ijrosidagi keyingi loyihalar unchalik mashhurlikka erisha olmadi.

Foto: The Voice

Myurrey Abraham

Aktyor “Amadey” (1984-yil) filmidagi mashhur  Salyeri roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Aktyor shundan keyin ko‘plab filmlarda suratga tushdi, u ijro etgan rollarning aksariyati epizodik rollar edi.

Foto: The Voice

Xolli Hanter

Xolli Hanter “Pianino” (1993-yil) filmida roli uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritdi va shundan so‘ng uning karyerasi katta tajribaga ega bo‘lishiga qaramay, pasayib ketdi.

Foto: The Voice

Kim Beysinger

Aktrisa 1997-yilda “Los-Anjeles sirlari” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlandi. Keyinchalik u ijro etgan rollar mashhurlikka erishmadi. Kim “Kulrangning ellik soyasi” va boshqa o‘nlab loyihalarda epizodik rollarni ijro etdi. 

Foto: The Voice

Mira Sorvino

“Buyuk Afrodita” (1995-yil) filmidagi roli uchun aktrisa “Oskar” berildi. Keyinchalik aktrisa ijro etgan rollar muvaffaqiyatli chiqmadi.

Foto: The Voice

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »