Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar beradi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Diruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, 1-sentabr — Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 28-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha 767/768-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19.

768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa bo‘ladi.

May oyida Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarga qatnovchi poyezdlarga chipta topish murakkab ekani muhokamalarga sabab bo‘lgandi. O‘shanda viloyatlarga qatnovchi poyezdlar chiptalarini yashirin sotish holatlari ko‘pligi aytilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »