Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BRICS sammiti maydonida Xitoy yetakchisi Si Szinpin Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga mamlakatlar chegarasidagi keskinlikni pasaytirish bo‘yicha “sa’y-harakatlarni faollashtirish”ni taklif qildi, deb xabar bermoqda CNN.

Foto: Getty Images

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat rahbarlari “hozirgi Xitoy—Hindiston munosabatlari yuzasidan ochiq va chuqur fikr almashganini” ma’lum qildi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ham “tomonlar chegara masalalarini hal qilish bo‘yicha ijobiy, konstruktiv va chuqur muzokara o‘tkazgan”i aytiladi.

Himolayda Hindiston va Xitoy o‘rtasida umumiy tan olingan chegara yo‘q. 1962-yilda ikki davlat o‘rtasidagi chegara urushidan keyin uzunligi 4 000 kilometrdan ortiq bo‘lgan nazorat chizig‘i tasdiqlangan. Ammo Pekin va Nyu-Dehli bu hududlar haqida bahslashishda davom etmoqda.

Oxirgi mojarolardan biri 2020-yil iyun oyida yuz berdi. O‘shanda chegaradagi to‘qnashuvlar oqibatida 20 nafar hind askari halok bo‘ldi. Nyu-Dehli, shuningdek, raqamlarni ko‘rsatmasdan, Xitoy tomonining yo‘qotishlari haqida xabar berdi. Voqea sababi sifatida Hindiston rasmiylari Xitoy tomonidan status-kvoning buzilishini keltirdi. Yanvar oyida Reuters Hindiston—Xitoy chegarasida yangi mojaro xavfi haqida yozdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »