Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish hamda shu yo‘ldagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish maqsadida ko‘p yillik manzarali daraxtlar kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati

Unga ko‘ra, Oltinsoy tumanining “Mirshodi” mahallasi hududidan o‘tuvchi, Oltinsoyni Denov tumani bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lini kengaytirish, ushbu yo‘ldagi  “Qora ariq” ko‘prigini rekonstruksiya qilish maqsadida yo‘l yoqalarida mavjud bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlarni kesish uchun tuman hokimligining ma’sul xodimi tuman Ekologiya bo‘limidan og‘zaki tarzda ruxsat so‘ragan.  

Oltinsoy tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari Furqat Safarov, Oybek Xo‘shboqovlar tomonidan holat joyiga borib o‘rganilib, hududda mavjud bo‘lgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va daraxtlarni noqonuniy ravishda kesish amaldagi qonunchilikka binoan javobgarlikka tortilishi tushuntirib o‘tiladi. 

Shunga qaramasdan, noma’lum shaxslar tomonidan kechqurun hududda mavjud bo‘lgan, o‘suvchanligini yo‘qotmagan 61 tup qimmatbaho navli daraxtlarni (2 tup chinor, 54 tup virgin archasi)  manzarali daraxtlarni,  6 tup kam qimmatli daraxtlarni (2 tup terak, 4 tup tol) tag qismi bilan kesib tashlangan. 

Viloyat Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi shu kuning o‘zida holat sodir etgan joyga yetib borib,  holat yuzasidan bayonnoma tuziladi. Mutaxasislarning hisob kitoblariga ko‘ra ushbu noqonuniy harakat oqibatida  o‘simlik dunyosiga  293 million 700 so‘m zarar  yetkazilgan. Mazkur holat bo‘yicha viloyat Prokuraturasi  tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib,  hozirgi kunda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »