Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan hukumati orol atrofida Xitoy harbiy faolligi qayta boshlaganini ma’lum qildi. 25-avgust kuni Xitoyning 13 ta harbiy samolyoti va 5 ta patrul kemasi Tayvanning “hujumga javob qaytarish” zonasiga kirgan, deb yozmoqda Reuters Tayvan Mudofaa vazirligiga tayanib.

Foto: Delfi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 7 dan (Toshkent vaqti bilan 04.00) Tayvan harbiylari jami 22 ta Xitoy harbiy samolyotini, jumladan, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar hamda dronlarni aniqlagan, ulardan 13 tasi Tayvanning havo hujumidan mudofaa zonasiga kirgan. XXR harakatlarining boshqa tafsilotlari haqida xabar berilmagan.

Tayvan Xitoy armiyasini kuzatish uchun samolyotlar va kemalar yubordi, deyiladi bayonotda. Reuters xabariga ko‘ra, Tayvan hukumati o‘zining “hujumga javob zonasi” qayerda joylashganini oshkor etmayapti, biroq Tayvan bo‘g‘ozini, shuningdek, orolning janubi va janubi-g‘arbiy qismidagi hududni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Xitoy armiyasining “ogohlantiruvchi” mashg‘ulotlari

O‘tgan hafta Xitoy harbiylari Tayvan atrofida havo va dengizdan qo‘shma patrullik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Pekin ushbu mashqlarni “separatistlarni xorijiy unsurlar bilan til biriktirish” oqibatlaridan qattiq ogohlantirish deb atadi. Mashg‘ulotlar harbiylarning haqiqiy jangovar sharoitlarda jang qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazgan.

Tayvan ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy qiruvchi samolyotlari orol havo mudofaa zonasiga 42 marta uchib kirgan, ulardan 25 tasi Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tgan. Tayvan hukumati Xitoyning “mantiqsiz va provokatsion harakatlarini” qoraladi.

Mashg‘ulotlar boshlanishidan bir necha kun oldin Tayvan vitse-prezidenti Uilyam Lay Paragvayga safari davomida AQSHda ikki marta — Nyu-York va San-Fransiskoda to‘xtab o‘tgan. Siyosatchi yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida, ayni damda u favorit hisoblanadi. Pekin esa Layni “muammo” deb atagan hamda Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish choralarini ko‘rishga va’da bergan.

Tayvanni o‘z hududi deb biladigan Xitoy so‘nggi yillarda orol hukumatining siyosiy faolligiga keskin norozilik bildirib, Tayvan tomon yuborilayotgan harbiy samolyotlar sonini oshirdi. O‘tgan yili Pekin orol yaqinidagi suvlarga dengiz kemalari va dronlarini jo‘natishni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »