Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslar yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatda turib qolgani aks etgan videolar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videolardan kadr

Unda aytilishicha, ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilgani munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi avtobuslar tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun boshqa yonilg‘i quyish shoxobchalariga yuborilgan. Bu esa yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Mazkur masalani hal etish maqsadida Toshkent shahar hokimligida “Hududgaztaʼminot” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJ ishtirokida tezkor ishchi guruh tuzilib, poytaxtdagi mavjud yonilg‘i quyish shoxobchalarida “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslar uchun qo‘shimcha yonilg‘i quyish stansiyalari ajratilgani hamda tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslarning uzluksiz ishlashi bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.

Bundan avval Energetika vazirligi metan zapravkalarga gaz yetkazib berish cheklangani haqidagi xabarlarni rad etgandi. Vazirlik matbuot xizmati barcha metan zapravkalarga avgust oyi uchun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgani, hech qanday cheklov kiritilmaganini ma’lum qilgandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »