Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donald Tramp AQSH prezidentlari orasida mahbus sifatida suratga tushirilgan birinchi shaxs bo‘ldi, deb yozmoqda Fox News.

Foto: Fulton County Sheriff’s Office

Tramp 24-avgust kuni kechqurun politsiyaga taslim bo‘ldi. Uning o‘zi Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Fulton okrugi qamoqxonasiga keldi. Fulton okrugi sherif idorasida tarixiy surat olindi — bu AQSH prezidenti bo‘lgan shaxsning qamoqxonadagi birinchi surati (magshot[/x).

Tramp jurnalistlarga Jorjiya rasmiylari uning suratga tushishini talab qilganini aytdi.

“Bu juda noqulay his, ayniqsa siz hech qanday yomon ish qilmagan bo‘lsangiz”, — deya qo‘shimcha qildi sobiq prezident.

U 2020-yilda Jorjiyada bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga aralashuv aybi bilan qamoqqa kelganini aytdi.

“Bularning barchasi Vashington, Adliya vazirligi va firibgar Jo Bayden orqali sodir bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ilgari bunaqa narsa bo‘lmagan”, — dedi Donald Tramp.

U Qo‘shma Shtatlarni “uchinchi dunyo davlati” deb atadi va hozir “ishlar avvalgidan ham yomonroq” ekanini ta’kidladi. Tramp 20 daqiqa hibsda bo‘lganidan keyin qo‘yib yuborildi. Avvalroq uning advokatlari sud bilan sobiq prezidentni 200 ming dollar garov evaziga ozod qilishga kelishib olgandi. Tramp qamoqxonaga rasmiyatchilik yuzasidan kelgan.

Hibsdan chiqarilganidan keyin Tramp 2021-yildan beri birinchi marta Twitter (X) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga post qo‘ydi. U postga o‘zining magshotini joyladi.

Foto: Skrinshot

Qamoqxonada Trampning suratidan tashqari barmoq izlari ham olingan, unga tegishli ma’lumotlar kiritilgan. Bayonnomada Trampning bo‘yi 1,9 metr, vazni 97,5 kilogrammligi shuningdek, sobiq prezidentning sochlari sariq, ko‘zlari ko‘k ekani qayd etilgan.

Avgust oyi o‘rtalarida Donald Trampga 25-avgust kuni Fulton okrugi qamoqxonasiga ixtiyoriy taslim bo‘lish buyurilgan edi. Fulton sherifi Pat Labat Trampga boshqa mahbuslar kabi munosabatda bo‘lishini aytib, politsiya uni suratga olishi haqida ogohlantirgan.

Saylovga aralashish ishi Trampga qarshi ochilgan to‘rtinchi jinoiy ishdir. Bungacha u biznes hujjatlarini soxtalashtirish, maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash va saylovda mag‘lub bo‘lganidan keyin hokimiyatni noqonuniy saqlab qolishga urinishda ayblangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »