Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Turkmaniston gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi bitimni imzolashga kelishib oldi. Bu haqda Turkmanistonning “Oltin asr” davlat nashri xabar berdi.

Foto: “Yuz.uz”

Qayd etilishicha, mazkur kelishuvga Ashxobodda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari Botir Omonov ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralar erishilgan.

Muzokaralar davomida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hamkorlik muhim o‘rin tutadigan sheriklikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Turkmaniston energetika resurslarini xorijga, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlarga yetkazib berishning ko‘p variantli tizimini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Turkmaniston tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishga kelishib olgan.

Avvalroq gaz quvurining O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yangi loyiha Turkmanistondan yillik gaz yetkazib berishni hozirgi 40 milliard kubometrdan yiliga 65 milliard kubometrgacha oshirishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »