Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Ukraina harbiylari samolyot tipidagi dron yordamida Moskva va Moskva viloyatidagi nishonlarga zarba berishga uringan.

Vazrilik xabarida aytilishicha, hujum 26 avgust kuni soat taxminan 3:00 da (Toshkent vaqti bilan 5:00) qaytarilgan.

“Moskva viloyatining Istra tumani hududida havo hujumidan mudofaa xizmati tomonidan uchuvchisiz uchar apparat yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi dron hujumi oqibatida qurbonlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmagan. Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar va vayronalar yo‘q.

26-avgustga o‘tar kechasi Moskvaning Domodedovo va Vnukovo aeroportlari parvozlarni taxminan bir soatga cheklab qo‘ydi, biroq hozir odatdagidek ishlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti” aeroportlar matbuot xizmatiga tayanib.

So‘nggi bir necha hafta ichida Moskva va Moskva viloyati muntazam ravishda uchuvchisiz uchoqlar hujumiga uchradi. Xususan, 21—22-avgust kunlari Moskva viloyatida dronlar urib tushirildi, 18-avgustda esa Moskva shahri yaqinidagi noturar joy binosiga uchuvchisiz uchoq quladi.

23-avgustga o‘tar kechasi hujumchi dron “Moskva Siti”gacha keldi va hududdagi qurilishi bitmagan binoga urildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »