Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning aytishicha, Ukraina qo‘shinlari Valuyskiy shahar okrugidagi Urazovo posyolkasiga “Grad” yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlardan kassetali o‘qlar otgan. Ukrainaliklar posyolkka kassetali o‘q bilan zarba bergani bo‘yicha mustaqil dalil yo‘q.

Rasmiylarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kishi jarohatlangan: uch erkak va bir ayol, ular predmetlar parchalari bilan jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Viloyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, zarba xususiy uylar va qishloq xo‘jaligi do‘koniga teggan. Bir necha uy va mashinaga zarar yetgan. Gladkov vayron bo‘lgan turar joy binolari, shuningdek, yonilg‘i quyish shoxobchasi yonidagi oynasi singan mashina tasvirlarini ko‘rsatdi. Kadrlardan birida kichik yong‘in belgilari ko‘rinadi.

Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram

Belgorod viloyati va boshqa chegaradosh hududlar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. Ukrainaning qarshi hujumi boshlanishidan oldin Belgorod viloyati chegara hududlarini o‘qqa tutish sezilarli darajada oshdi. Ukraina tomonida jang qilayotgan Rossiya ko‘ngillilar korpusi va Rossiya ozodlik legioni bo‘linmalari Belgorod viloyatida bir necha bor reydlar uyushtirdi va chegaradagi aholi punktlari ustidan vaqtincha nazorat o‘rnatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »