Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik 65 nafar bola o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud ishi boshlangani, sudda advokatlar OAV faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgani-yu, “Kun.uz” hamda “Qalampir.uz” saytlarini sud jarayonini yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda, “Gazeta.uz” nashrini esa jonli efir qilib, sud jarayonidagi katta sirlarni fosh qilishda aybdor qilishga uringani xabar berilgandi. Shuningdek, sudda advokatlar OAVlarni noto‘g‘ri axborot tarqatishda ayblab, ularni sud zalidan chiqarib yuborishni talab qilgani, sudya esa advokatlarga noto‘g‘ri axborotlar rasmiy OAVlar xabarini noto‘g‘ri talqin qilayotgan norasmiy kanallar orqali tarqatilayotganini tushuntirgandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Navbatdagi sudlarning birida advokatlardan biri Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K.ga savol bilan yuzlanib, “ Ro‘yxatdan “Dok-1 Maks” siropi o‘tkazuvchilar tomonidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilib, laborotoriya tekshiruvlaridan o‘tganida undagi zaharli moddani aniqlash imkoni bormidi?” deya savol berdi. Sobiq mansabdor esa bu savolga “Yo‘q, baribir shu natija chiqar edi”, deya javob qaytarib, zaharli modda aniqlanmasdan qolishi mumkinligini tan oldi. Va “Lobaratoriya sinovi tasdiqlangan normativ hujjatlar asosida o‘tkazilishini inobatga olib aytsak, baribir o‘sha natija o‘sha natija bo‘lardi”, — dedi.

Advokat esa javobni aniqlashtirish maqsadida “Laboratoriya tekshiruvida ham siropdagi zaharli moddani aniqlay bo‘lmasdi, shundaymi?”, deya qo‘shimcha savol berdi. “Yo‘q, chunki lobaratoriya ham tasdiqlangan normativ hujjatlar asosida tekshiradi”, dedi.

Javobni eshitgan advokat “Demak, istalgan ishlab chiqaruvchining dorisi bilan yana shunday holat yuz berishi mumkin. Yaʼni dori qonuniy olib kirilsa-da, laboratoriya tekshiruvi tasdiqlangan hujjatlarga ko‘ra o‘tkazilib, baribir ikkilamchi moddalar aniqlanmay qolib ketishi mumkin desak bo‘ladimi?”, dedi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Xohlagan sohangizdagi ishlar kimdirlar tasdiqlagan tartib va reja bo‘yicha o‘tkaziladi, masalan mana shu sud majlisi ham belgilangan reglament bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Xuddi shunday bizning sohada ham kirib kelayotgan dorilar ekspertlarga beriladi, ekspertlar xalqaro tajriba asosida tekshiradi. Shu zanjir ketadi, — dedi.

Sobiq mansabdorning tushuntirish berishicha, dori ishlab chiqaruvchi belgilangan tartib bo‘yicha dori ishlab chiqaradi. Yaʼni bu holatni qaysi davlat bo‘lsa, undagi ekspertlar guruhi belgilab beradi. Ishlab chiqaruvchi esa aynan o‘sha tartib bo‘yicha dori ishlab chiqaradi. Hamda shu dorining normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlaydi.

Bizdagi markaz ekspertga tushgach, ekspert ana shu normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqaruvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, xalqaro standartlar asosida qilganmi, shuni aniqlab, tasdiqlab beradi. Va shu asosiy hujjat bo‘lib qoladi, — deydi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K. sudlanuvchi sifatida advokat savoliga javob berar ekan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallari xulosalariga ko‘ra, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” (sirop) dori vositalarini isteʼmol qilgan 65 nafar bola o‘limiga mazkur dori vositalari tarkibidagi etilenglikol va dietilenglikol yot moddalaridan zaharlanish sabab bo‘lgan. Doridan zaharlangan bolalarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi kelib chiqqan.

Sudning dastlabki majlislarida so‘z olgan sudlanuvchilarning qayd etilishicha, “Dok-1 Maks” siropi O‘zbekistonga dastlab 2012-yil olib kirilgan. 2021-yil 22-oktabr kuni “Dok-1 Maks” siropini ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining muddatini uzaytirish uchun Davlat markaziga ariza topshirilgan. Hujjatlarda siropni ishlab chiqaruvchi Marion Biotech Pvt.Ltd kompaniyasining GMP sertifikati muddati 2021-yil 24-oktabr kuni tugashi ko‘rsatilgan bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »