Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ostonada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika va suv xo‘jaligi idoralari vakillari suv-energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yig‘ilishda kelgusi kuz-qish mavsumida elektr energiyasini yetkazib berish hamda boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Davlatlar vakillari bir qator o‘zaro kelishuvlarga erishgan, yetkazib berish hajmi va muddatlarini belgilab olgan.

“Tomonlar, shuningdek, elektr energiyasining soatlik hisobini yuritish mexanizmini joriy etish imkoniyatlarini ishlab chiqish; tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida rejadan tashqari oqimlarni hisob-kitob qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish; shartnomalarning amaldagi shartlarini qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldi”, — deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishga sodiq ekanini tasdiqlagan. Suv va energetika idoralari vakillarining navbatdagi yig‘ilishi noyabr oyida Bishkekda bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »