Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” hukumati hijob o‘rash qoidalariga rioya qilmagani uchun Bomiyon viloyatidagi Bandi Amir milliy bog‘iga ayollarning kirishini taqiqladi. Bu haqda ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vaziri Muhammad Xolid Hanafiyga tayanib, ToloNews xabar berdi.

Foto: Getty Images
“Rafiqalarimiz va opa-singillarimiz toki biz ular uchun tartib-qoidalarni belgilamagunimizcha Bandi Amirga tashrif buyura olmaydi. Xavfsizlik kuchlari, oqsoqollar va politsiya o‘rinbosari chora ko‘rishlari kerak. Turizm hayotiy zarurat emas”, — dedi vazir.

Muhammad Hanafiy o‘z bo‘limi milliy parkka tashrif buyuruvchilar uchun qanday “qoidalar” o‘rnatishini tushuntirmagan. Bomiyon viloyatidagi din arboblari parkka kelgan ayollarni hijob qoidalariga rioya qilmaslikda ayblamoqda. Ularga ko‘ra, islomiy kiyinish qoidalarini buzuvchilar boshqa viloyatlardan yoki xorijdan kelmoqda.

Bandi Amir Afg‘onistondagi birinchi milliy park bo‘lib, u 2009-yilda oltita firuza ko‘l tabiiy majmuasi atrofida paydo bo‘lgan. Fuqarolar urushi boshlanishidan oldin bu joy g‘arblik sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan taqiqlar

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »