Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmagani aytildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o‘zida 350 ming yangi o‘quvchi o‘rinlariga talab bor. So‘nggi yillarda 70 ming o‘rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018-yilgacha jami 30 ta bo‘lgan).

Toshkent shahri va Farg‘onada xususiy maktablar salmog‘i qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki  qo‘shimcha 150 ming o‘quv o‘rniga ehtiyoji bo‘lgan Samarqandda bor-yo‘g‘i 6 ming 300 o‘rinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.

Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risida bosh qotirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, maktablarni ta’mirlashga bu yil mahalliy budjetdan 135 milliard so‘m ajratildi. Biroq  31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag‘ bermagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »