Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avgust oyi boshida “Afg‘oniston hukumati sifati pastligi sabab 67 ta sisternadagi neftni O‘zbekistonga qaytarib yubordi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalgan. 25–26-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatiga uyushtirilgan press-turda “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov mazkur xabar noto‘g‘ri talqin qilinganini tushuntirdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Bahodir Siddiqov

Bahodir Siddiqovning aytishicha, mahsulot sifati pastligi uchun emas, balki uning standarti Afg‘onistonda yo‘qligi uchun qaytarilgan.

“Afg‘oniston O‘zbekiston neftini sifatsiz bo‘lgani uchun qaytaribdi, degan xabar tarqaldi. Bu noto‘g‘ri maʼlumot. Chunki biz Afg‘onistonga neft yubormaganmiz. Ayrimlar Afg‘onistonni benzinini qaytarib olib kelib, zapravkalarda sifatsiz benzin sotayotganimizni aytmoqda. Bu ham noto‘g‘ri maʼlumot. Biz Afg‘onistondan qaytib kelgan mahsulotni hech qayerga olib borganimiz yo‘q. U konteynerida turibdi. Uni boshqa joyga olib borib yoki sotadi. Bu dizel GTL zavodida chiqqan, yangi mahsulot. Uning standarti Afg‘onistonda yo‘q. Shuning uchun ular buni tushunmadi”,— dedi kompaniya rahbari.

Bahodir Siddiqov yangi dizel suvga o‘xshashini ko‘rsatib, uning sifati oddiy dizelnikidan ancha yuqori ekanini taʼkidladi.

Bu yangi mahsulot Afg‘oniston bozoriga kirib borishi kerak edi. Afsuski, birinchi partiyani qaytarib yuborishdi. Lekin bu jarayon. Har bir bozorga kirib borish oson bo‘lmaydi. Ishonchim komil, bu yerda nafaqat Afg‘oniston hukumati, balki bizni u bozorga kirib borishimizni istamaydigan odamlar juda ko‘p. Chunki Afg‘onistonning bozori juda yaxshi bozor. Bu mahsulotning sifatli ekanini isbotlash uchun aytamanki, Estoniyaga o‘tgan oyda xuddi shu dizeldan 1000 tonna sotdik. Ular “premiya”si bilan olishdi va 10 000 tonnaga buyurtma berishdi. Hozirgi kunda 10 000 tonna mahsulotni ortyapmiz. Bundan tashqari, hukumatlararo kelishuvlar bor. O‘rta koridor orqali mahsulotimizni Yevropaga yetkazib berish yo‘lini qidirayotganimizda gruziyaliklar: “Bu zo‘r mahsulot, bizga 33 000 tonna beringlar, mana shartnoma va pul”, dedi. Bu mahsulotning sifatiga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak, — dedi u.

Maʼlum qilinishicha, 2022-yilda mazkur dizeldan Tojikistonga 12 000 tonna sotilgan. Hozir yana 5 000 tonna buyurtma qilingan.

“Sizlarga kafolat berib aytamanki, ular bu mahsulotni sifati yomon bo‘lganidan qaytarib yubormagan. Bu yerda boshqa sabablar bor deb o‘ylayman. Chunki mahsulotimiz “Yevro–6” standartlariga javob beradi. Afg‘oniston bozoriga biz xohlasak ham, xohlamasak ham kiramiz. Sababi u bizga yaqin bozor. Raqobatchilarimiz esa Afg‘onistondan ancha uzoqda. Bizning mahsulot sifat jihatdan ularning mahsulotidan yaxshi. Afg‘onistonning standart agentligi rahbari o‘tgan oyda O‘zbekistonga kelib ketdi. Biz ularga zavodimizni, sertifikatlarimiz va milliy standartlarimizni ko‘rsatdik. Ular bizga: “barcha izlanishlaringni beringlar, balki uni o‘zimizda ham tatbiq qilarmiz”, deyishdi. U ish ketyapti. Lekin mening shaxsiy fikrimcha, dizelni qaytarib yuborishi Afg‘oniston tarafning o‘z fikri emas. Boshqa omillar ham bor. O‘ylaymanki, raqobatbardosh mahsulot chiqara olganmiz. Va u bozorga baribir kirib boradi”, — dedi Bahodir Siddiqov.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” Afg‘oniston 67 ta sisternadagi neftni O‘zbekistonga qaytarib yuborgani haqidagi xabarlar asossizligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh

Фахриддин Атабоев

28.08.2023, 23:52

Харидорга юк жўнатишдан аввал юкни келишиш,намуна юбориш,тасдиқ олгандан кейин юбориш керак эди шекилли? Юк Афғонистонга бориб-қайтганда давлатни миллион-миллион пули заволга учиб кетди,бунинг учун кимдир жазоланиши керак, булар эмас уятмай яна ўзларини оқлаб чиқишмоқда. Хўп сифати зўр махсулот бўлса нима учун уларни стандарти йўқлигини ўрганишмаган,менимча буларга кимдир жазоланиши керак!

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »