Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari ko‘tarilgan muammolarning yechimlari va yangi tashabbuslarni bayon qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: "Daryo" / Dilruh Isomiddinova

 

Unga ko‘ra, ta’lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga “tayanch maktab” bo‘ladi. Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi belgilandi. Bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelindi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinadi.

Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »