Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 1-sentabrdan ko‘p kvartirali uylardagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab reja grafik asosida

  • Respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni;
  • ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan, ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlab boradi.

Aniqlangan noqonuniy konstruksiyalar va zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish holatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »