Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdugafarov Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyiha koordinatorlari bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi

Uchrashuvda Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon avtomobil yo‘llarini davlat-xususiy sherikchilik asosida qurish loyihalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, dolzarb masalalar hamda pullik yo‘llar bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama etilgan.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, shuningdek, Proyapi Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş. kompaniyasi, Over Arupand Partners International Limited, Price Water House Coopers Advisory va CMS Cameron Mc Kenna Nabarro Olswang LLP kompaniyalari konsorsiumi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018-yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgandi

2022-yil oktabrda Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkazilishi aytilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »