Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi eʼlon qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga “kimyo – biologiya”, “matematika – fizika”, “matematika – chet tili”, “ona tili va adabiyot – chet tili” fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga sentabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi taʼkidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi. Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga budjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »