Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari maktab ta’limi qamrovini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025-yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Umuman, 2030-yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bir oy muddatda maktablarga chetdan 1 milliard dollar jalb qilish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar va loyiha takliflarini tayyorlab, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari bilan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Viloyat hokimlariga 1-noyabrga qadar demografik o‘sish, aholi joylashuvi va zichligini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yangi maktablar qurish uchun yer uchastkalarini aniqlash, Qurilish vazirligi bilan birgalikda 1-fevralga qadar yangi maktablarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, tenderlarni e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »