Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda maktab direktorilari, ularning o‘rinbosarlari va  o‘qituvchilarga murojaat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident yangi o‘quv yili bilan barchani tabriklab, maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilarga murojaat qilgan. Davlar rahbari o‘z murojaatida ularni eng yaqin yordamchisi sifatida ko‘rishini ta’kidlagan. 

“Mana shu imkoniyatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va muallimlarni, o‘z maktabini sog‘ingan va “men ham o‘quvchi bo‘laman!” deb quvonchi ichiga sig‘may turgan farzandlarimizni, ularning ota-onalarini yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili bilan chin dildan tabriklayman. 

Qadrli o‘qituvchi va muallimlar, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilmoqchiman.

Aziz ustozlar, maktab ta’limi sohasidagi islohotlarimizni amalga oshirishda men sizlarni o‘zimning eng yaqin yordamchim, deb bilaman.

Sizlar bir haqiqatni, albatta, yaxshi tushunasiz. Ya’ni, biz maktab ta’limini yanada yaxshilash bo‘yicha qabul qilayotgan chora-tadbirlarimizning pirovard natijasi avvalo sizlarga, sizlarning fidokorona mehnatingizga bog‘liq.

Men sizlarning timsolingizda o‘z hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – yangi avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan, o‘z kasbiga sodiq va fidoyi insonlarni ko‘raman.

Bugun sizlar ta’lim-tarbiya berayotgan, qalbini, ongini ezgulik bilan to‘ldirayotgan millionlab farzandlarimiz ertaga Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lib bizning safimizga kiradi. 

Vatanimiz, xalqimiz sizlarning bunday olijanob xizmatlaringizni hech qachon unutmaydi. 

O‘qituvchilik kasbini e’zozlash, uning mehnatini qadrlash bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilish yakunida vazirlar va hokimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »