Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan maktab direktorlarining oyligini oshirish bo‘yicha topshiriq bergani haqida xabar berilgandi. Prezident ularning oyligi nega bu yildan emas kelgusi yildan oshirilishiga izoh berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilish davomida prezident Samarqanddagi maktab direktori bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida direktorlarning maoshi oshirilishi yuzasidan ham izoh berib o‘tildi. 

“Suvni ichvoling, hayajonlanmang, biz oddiy suhbat qilyapmiz. Men bugun ham qo‘l qo‘yishim mumkin, lekin korrupsiyadan qo‘rqaman. Baribir kelamiz shunga, lekin mehnatimiz bilan kelaylik”, — dedi prezident maktab direktori bilan suhbatda.

Kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblar kiritilishi belgilandi. Bunda, kelgusi yil budjetidan 500 milliard so‘m nazarda tutiladi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda 10 million oylik olishga hamma o‘qituvchining haqqi borligini taʼkidlagan. 

“Bu yaxshi, lekin juda kam. Hamma o‘qituvchi o‘z ustida ishlab, chet tilini bilib, matematika, fizika va boshqa fanlardan sertifikatlarni olsin. Marhamat, 10 million oylik olishga hamma o‘qituvchining haqqi bor”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »