Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa kuchlari Zaporojye viloyatidagi Rabotino qishlog‘ini to‘liq ozod qildi. Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarga tayanib, “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Foto: Ukraina tankchilari Rabotinoga kiraverishda / Meduza
“Janubda hujumni davom ettirmoqdamiz. Bu bizning asosiy hujum yo‘nalishimiz hisoblanadi. Dushman Zaporojye va Xerson viloyatlarida mudofaa holatida. Rabotino ozod qilindi va bizning qo‘shinlarimiz Rabotinodan janubi-sharqga va Malaya Tokmachka janubiga qarab harakatlanmoqda”, — dedi mudofaa vaziri o‘rinbosari.

Malyarning aniqlik kiritishicha, gap Novodanilovka va Novoprokopovka, shuningdek, Malaya Tokmachka va Ocheretovaty yo‘nalishlari haqida ketmoqda.

Foto: Rabotino rus qo‘shinlari tomonidan 2022-yil mart oyida bosib olingan. Ilgari u yerda 500 ga yaqin odam bo‘lgan / Meduza
“Bu bizning kuchlarimiz dushmanning shiddatli qarshiligiga qaramay, hozir oldinga siljiyotgan yo‘nalishdir”, — dedi u.

Shuningdek, Malyar Ukraina qo‘shinlari o‘tgan hafta Baxmut yo‘nalishida 1 kvadrat kilometrni ozod qilganini qo‘shimcha qildi.

Foto: Ukraina harbiylari vayron bo‘lgan tank yonida / Meduza

“Baxmutning janubiy qanotida biz oldinga boryapmiz va o‘tgan hafta u yerda yana bir kvadrat kilometr ozod qilindi va allaqachon umumiy ozod qilingan hudud 44 kvadrat kilometrni tashkil etadi”, — dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rasmiysi.

Foto: Ukraina Qurolli kuchlari dron operatori / Meduza

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »