Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ichki ishlar vazirligi binosida TQD Jinoyat qidiruv xizmati Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi va AQSH Xalqaro rivojlanish agentligining (USAID) hamda Winrock International xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti vakillari o‘rtasida xalqaro ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda USAID tomonidan Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalariga umumiy qiymati qariyb 50 ming dollar miqdoridagi ofis jihozlari (kompyuterlar, noutbuklar, printerlar, proyektor va devor ekranlari) odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot bazasining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida taqdim etilgan.

Yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga odam savdosi jabrdiydalariga ko‘rsatilayotgan yordam xizmatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham kiritiladi. Ushbu maʼlumotlar qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridagi kamchiliklarni aniqlashga va odam savdosi jabrdiydalari uchun xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha dalillarga asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Ushbu yordam Winrock International xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti filiali tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” (SMICA) loyihasi doirasida taqdim etilgan.

Bundan oldin USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasiga yangi rahbar tayinlangani, USAID Toshkentda ekologik g‘oyalar bo‘yicha talabalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlagani, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordami yetkazib bergani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »