Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgandi. Unda davlat rahbari hududdagi maktab direktorlari “Oqdaryo tajribasi”ni o‘rganishi kerakligini aytgandi. Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda faoliyat yurituvchi 30 nafar maktab direktorini Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 32-maktabga xizmat safari bilan yubordi.

 
 
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi 
Oqdaryo tajribasini o‘rganish chog‘ida mazkur maktab chinakam hayot maktabi ekanligiga guvoh bo‘ldik. Va biz ham ushbu tajribani albatta tumanda joriy etamiz, — deydi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i Xoliyor Mengliyev.
 
 
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi 

Taʼkidlanishicha, mazkur maktab o‘quvchilari prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan xorijiy tillarga o‘qitish, shuningdek, kulolchilik, yog‘och buyumlar o‘ymakorligi, bichish-tikish, pazandalik kabi 15 xildan ortiq kasb-hunar sirlarini egallash barobarida o‘zlari yaratgan mahsulotlardan daromad ham ko‘rmoqda.

 
 
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi 

Dehqonobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullarining taʼkidlashicha, “Oqdaryo tajribasi”ni Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida yo‘lga qo‘yish uchun tuman miqyosida 2 ta maktab tanlab olingan.

 
 
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi 
Tumanimiz sharoitiga mos kasb-hunarlar, xususan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, pazandalik, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sartaroshlik, santexnika xizmatlari kabi yo‘nalishlar biz uchun ayni muddao va biz buni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu bilan o‘quvchilar taʼlim olishi bilan birga ham kasb o‘rganishiga, ham iqtisodiy manfaatdor bo‘lishiga, bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazilishiga erishiladi, — deydi tumandagi 23-maktab direktori Begmat To‘raqulov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »