Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hokimiyatni tortib olishga urinish bo‘yicha AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan sud jarayoni 2024-yil 4-martda boshlanadi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Kapitoliy binosi oldida tartibsizlik uyushtirgan Tramp tarafdorlari, 2021-yil 6-yanvar
Foto: Getty Images

Trampning advokatlari tinglovlarni 2026-yilga qoldirishni so‘ragan, prokuratura esa ularni ertaroq, 2024-yil yanvarida boshlashni talab qilgan.

Jarayonda qatnashadigan hakamlar hay’ati sud muhokamasining birinchi kunida tanlanadi.

Amerika ommaviy axborot vositalarining qayd qilishicha, ilk sud majlisi AQSH Respublikachilar partiyasi uchun muhim voqeadan bir kun oldin bo‘lib o‘tadi: 5-mart kuni bir qator shtatlarda prezidentlik praymerizlari o‘tkaziladi. 

Maxsus prokuror Jek Smit Trampning 2020-yilgi prezidentlik saylovida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, hokimiyatda qolish uchun qilgan xatti-harakatlarini tergov qilmoqda. Xususan, gap Trampning 2021-yil 6-yanvardagi nutqi haqida bormoqda, u saylov soxtalashtirilgani haqidagi bayonotlarini bir necha bor takrorlagan. Shundan so‘ng, uning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirishgan. 

So‘nggi oylarda Trampga jami to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bular — namoyishchilarning Kapitoliyga bostirib kirishi, maxfiy hujjatlarning noqonuniy saqlanishi, saylovga aralashish, shuningdek, sobiq davlat rahbarining biznesi bilan bog‘liq qonunbuzarliklar. Tramp barcha ayblovlarni rad etmoqda. 

Saylovga aralashish ishi bo‘yicha 24-avgust kuni rasman politsiyaga taslim bo‘lgan Tramp 200 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »