Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi raqibiga aniqlik kiritildi. 

 
Foto: BoxingScene
 

WBA tashkiloti Murodjon Ahmadaliyev va meksikalik Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi.

WBA kamari uchun yakuniy Eliminator sifatida o‘tadigan jangda Murodjonga Tomoki Kameda raqib bo‘lishi kerak edi. Biroq yaponiyalik bokschi boshqa vaznga o‘tayotgani sababli Ahmadaliyevning raqibi o‘zgardi. 

WBA har ikki jangchi kelishuvga erishishi uchun 30 kun muddat berdi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, tashkilot har ikkala bokschi uchun 50 foizdan gonorar taqsimlanishini taklif qiladi. 

Murodjon faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi. 

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »