Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

19 yoshida Elizabet Xolms zamonamizning eng katta firibgarligini amalga oshirdi. Ajoyib startap g‘oyasi va sirli obraz Stiv Jobs muxlisiga kumirining muvaffaqiyatini takrorlash va istiqbolli karyera qurish imkoniyatini berdi.

Foto: Legion Media

Hammasi klassik ssenariy bo‘yicha boshlanadi: u o‘qishni tashlab, ajoyib texnologiyani ishlab chiqadi, o‘z biznesiga asos soladi va investorlarni jalb qiladi. Ular haqiqatan ham qizga ishonishadi, uning qobiliyatlari va intilishlariga qoyil qolishadi. Xolmsning ta’kidlashicha, u ishlab chiqqan qonni tahlil qilishning zamonaviy usuli va so‘nggi avlod qurilmalari insoniyat hayotini o‘zgartirib yuboradi. Ammo qiz umuman inqilobiy texnologiyani emas, balki firibgarlik strategiyasini ishlab chiqqandi.

Cho‘qqi sari yo‘l

Qiz hech qiynalmay muvaffaqiyatli odimlardi, uning karyerasi rejaga muvofiq rivojlanadi. Ko‘pchilik biznesning bunday jadal rivojlanishiga va daromadlar ko‘lamiga havas qiladi, ammo yolg‘onning badali og‘ir bo‘lib chiqadi.

Elizabet Stenford universitetidagi o‘qishini tugatmaydi — uning xayolidagi shaxsiy biznesi ko‘proq o‘ziga tortardi. 19 yoshida u Theranos startapiga asos soladi va kapital sifatida o‘qishi uchun ota-onasi bergan pulni tikadi.

Eng nufuzli sarmoyadorlar loyihaga katta miqdordagi mablag‘ kiritishiga innovatsion ishlanma sabab bo‘ladi. “Edison” apparati, milliarderning so‘zlariga ko‘ra, kasalliklarni aniq tashxislay olardi va buning uchun atigi bir tomchi qon yetarli edi.

Foto: Legion Media

Investorlar haqiqatan ham bunga ishonishadi: 2015-yilda Time jurnali Xolmsni dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kiritadi. Elizabetning boyligi 4,5 million dollarga baholanadi va u dunyodagi eng yosh milliarder ayol unvoniga sazovor bo‘ladi.

Cho‘qqidan qulash

Kutilmaganda 2015-yilda shov-shuvli tergov o‘tkaziladi. Wall Street Journal jurnalisti u haqda bir qator maqolalar chop etadi va Elizabet Xolmsning biznesi shunchaki firibgarlik ekanligini, dunyo aholisini hayratda qoldirgan texnologiya aslida mavjud emasligini ma’lum qiladi. Qizig‘i shundaki, ko‘plab sarmoyadorlar qonni tashxislashning ajoyib usuli sir saqlanganligidan shubhalanmaganlar ham.

Elizabet Xolms yillar davomida texnologiya tafsilotlarini oshkor qilmasdan mablag‘ olishga muvaffaq bo‘lgandi. U imperiya ustidan nazoratni saqlab qolishga va uni ta’sirchan miqyosda kengaytirishga muvaffaq bo‘ladi. Kompaniyaning 800 dan ortiq xodimlari bor edi va, albatta, Theranos tadqiqotlari ular uchun ham yopiq edi.

Foto: Legion Media

Elizabet firibgarlikning barcha nozik tomonlarini ehtiyotkorlik bilan yashirsa-da, baribir jamoatchilik e’tiborini tortadi. Tekshiruv davomida kompaniya eng so‘nggi texnik ishlanmalardan emas, balki allaqachon mavjud qurilmalar va uchinchi tomon laboratoriyalarining ma’lumotlaridan foydalanganligi ma’lum bo‘ladi.

Bundan tashqari, tahlil natijalari mutlaqo ishonchsiz bo‘lib chiqadi: laboratoriyalarda chalkashliklar aniqlanadi. Tahlillar an’anaviy usullar bilan o‘tkaziladi — to‘plangan material kerakli hajmni olish uchun suyultiriladi.

Foto: Legion Media

Yolg‘on badali

Dunyoni larzaga solgan maqolalar turkumi chop etilganidan ko‘p o‘tmay, qator sud jarayonlari boshlanadi. Kompaniya 2018-yilda bankrot bo‘ladi va darhol tarqatib yuboriladi.

Xuddi shu davrda Elizabet Xolms va sherigiga ayblov e’lon qilinadi. Ular FQBga taslim bo‘lishadi, biroq ayblarini rad etishadi. Tez orada firibgarlar garov evaziga qo‘yib yuboriladi. Ularning sherigi kompaniya prezidenti bo‘lib ishlagan va juda katta boylikka ega edi. Hikoya milliarder va uning sherigi qamoqqa olinishi bilan yakunlanadi. Shuningdek, ular investorlarga 121 million dollar kompensatsiya to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

O‘sha vaqtda Theranos startapi 9 milliard dollarga baholangan va endi bu raqam Elizabet Xolmsning qamoqda o‘tkazishga majbur bo‘ladigan yillarini bildiradi. Dastlab 2022-yilning noyabrida unga 11 yil-u uch oy qamoq jazosi berilgan bo‘lsa, 2023-yilning iyulida esa muddat 9,5 yilga qisqartiriladi.

Foto: Legion Media

Ayni paytda firibgarning moliyaviy ahvoli 0 ga teng. Yosh tadbirkorning muvaffaqiyat tarixi halokatga aylandi: Elizabet Xolms hayratlanarli darajada tez cho‘qqiga chiqdi, lekin bir zumda hamma narsasini yo‘qotdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »