Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Orol dengizi hududidan noqonuniy tarzda artemiya sistalarini yig‘ib olayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 
 
Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati 

Xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Mo‘ynoq tumani ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Qozog‘iston Respublikasi chegara oldi hududlari, Orol dengizi qirg‘oqlarida tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida bir guruh shaxslar tomonidan qiymati 102,9 million so‘mga teng bo‘lgan jami 1029 kg artemiya sistalari hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda yig‘ib olib ketilayotgani aniqlandi va to‘xtatildi.

Holat natijasida tabiatga 68 million so‘m miqdorida moddiy zarar keltirilgani ma’lum bo‘ldi. Ayni damda holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, artemiya sistalari Orol dengizining qurigan sohillarida hayot kechiradi. Xlorlangan, sulfatlangan, karbonat va tuzli muhitda yaxshi ko‘payishga ixtisoslashgan ushbu tirik mavjudotlar akvamadaniyat sanoatida, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot va kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. 

Orol dengizi hududlaridan artemiya sistalarini yig‘ib olish uchun ekologiya organlari tomonidan kvota berilishi va tabiatga zarar yetkazmagan holda ushbu tirik mavjudot sistalaridan ko‘rsatilgan miqdorlardagina foydalanish mumkinligi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »