Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Afg‘onistonga protein va vitamin komplekslari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

 
 
Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda O‘zbekiston vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat bir guruh vakillar Afg‘onistonda bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov ham bo‘lib, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohasida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bormoqda.

Xususan, Afg‘onistonning “Fyucher Vels Trayding” kompaniyasi direktori G.Fahim bilan O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga o‘rtacha 1 million dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Afg‘oniston Aholi salomatligi vazirligining farmatsevtika xizmatlari direktori Hamid Furmuli bilan mazkur mamlakatdagi “Ibn Sina” korxonasi negizida shartnoma tuzish masalalari muhokama qilindi.

 
 
Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati

Afg‘onistonda davlat tomonidan aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi. Stomatologiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Kobul shahrida atigi bitta korxona faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, uchrashuvlar davomida Afg‘oniston tibbiyot xodimlarini Health manager bo‘yicha malakasini oshirish, qisqa muddatli kurslarda o‘qitish masalalari kelishildi.

Mazkur holatlar e’tiborga olinib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga yetkazish borasida Afg‘oniston “Oziq-ovqat va dori vositalari sifatini nazorat qilish” milliy uyushmasi raisi, doktor A.Umar bilan samarali muzokaralar olib borildi.

Xususan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimini (25 kungacha) joriy qilish bo‘yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »