Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorlar bilan O‘zbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida quyidagi bitimlar tasdiqlandi:

  • investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi;
  • daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi.

Mazkur bitimlar 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan. Shunga ko‘ra, tegishlicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar etib belgilangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »