Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 56 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 22 ta avtobus va 36 ta yo‘nalishli taksi, jami 58 ta yangi yo‘nalish tashkil etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2023 yil yanvar—iyul oylarida hududlarda norentabel bo‘lgan shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rgan zararlari o‘rnini qoplash uchun mahalliy budjet mablag‘laridan 7 milliard 285,1 million so‘m subsidiya ajratilgan.

Shuningdek, shahar yo‘nalishlarida fuqarolarning ayrim toifalari bepul tashilishi natijasida ko‘rilgan zararlarning o‘rnini qoplash, shahar yo‘lovchi transportida cheklangan tariflar natijasida ko‘rilgan zarar bo‘yicha jami 2 milliard 777,3 million so‘m subsidiyalar qoplab berilgan.

2023 yil 1-avgust holatiga 110 ta avtobus yo‘nalishi bo‘yicha brutto-shartnomalari rasmiylashtirilgan.

Iyul oyida “Toshshahartransxizmat” AJga respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash xarajatlari uchun 18 milliard so‘m ajratilishi ma’lum bo‘lgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »