Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahallasida bo‘lib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

 
 
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. 13 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar va o‘smirlar sport maktabida barcha sharoitlar yaratilgan.  Mahallaning drayveri – xizmat ko‘rsatish. Yaqinda maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonasini o‘z ichiga olgan ish markazi barpo etildi. Ularda mahalliy yoshlar foydali mehnat bilan band.

 
 
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident tikuvchilik korxonasidagi ayollar bilan suhbatlashdi. Uning rahbari ayollar tadbirkorligiga berilayotgan imkoniyatlar tufayli yangi uskunalar olgan, faoliyatini kengaytirgan.

“Biz nima uchun xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratamiz? Chunki bu oilaga, farzandlarimizga, kelajak avlodlarimizga e’tibordir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.   
 
 
Foto: Prezident matbuot xizmati

Fuqarolar yig‘ini binosi zamonaviy qiyofaga ega. Bu yerda kutubxona, til o‘rganish to‘garaklari ham bor. Mahalla hududi obodonlashtirilgan. O‘yin va sport maydonchalari ta’mirlangan. Ikki yilda mahallada bironta jinoyat sodir etilmagan. 

Mahalla raisi va faollari bilan suhbatda yoshlar bandligini ta’minlash, madaniy tadbirlar va musobaqalar tashkil etib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish haqida so‘z bordi. Tuman rahbarlariga ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni ko‘paytirish, kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 
 
Foto: Prezident matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »