Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada 21-avgustdan 27-avgustgacha bo‘lgan hafta davomida koronavirus bilan kasallanish darajasi o‘tgan haftaga nisbatan 19,6 foizga oshdi. Bu haqda “Interfaks” agentligi Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib ma’lum qildi.

“Yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi har 100 ming kishiga 2,82 nafarni tashkil etdi va o‘tgan haftaga nisbatan 19,6 foizga oshdi. Kasallikning o‘sishi Rossiya Federatsiyasining 46 ta hududida, shu jumladan, 18 ta tumanida qayd etilgan. Bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘ra yuqori hisoblanadi”, — deyiladi operativ shtab xabarnomasida.

 
 
Foto: Google Images 
 

Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan haftada 11 kishi halok bo‘lgan. 14-avgustdan 20-avgustgacha bo‘lgan davrda esa kasallanish 16,1 foizga oshib, o‘lim holati 34 tani tashkil etgandi.

Hafta davomida koronavirus tufayli kasalxonaga yotqizilganlar soni 1035 tani tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 3,3 foizga oshgani xabar qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »