Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shveysariya sentabr oyida Kiyev hukumatiga masofadan boshqariladigan mina tozalash mashinasi, tirkamali yuk mashinasi va uch yilga yetadigan ehtiyot qismlarini taqdim qiladi. Ushbu texnik vositalarning umumiy qiymati 1,2 million frankni (1,35 million dollardan ortiq) tashkil etadi. Bu haqida Shveysariya hukumati saytida ma’lum qilindi

Xabarda aytilishicha, harbiy departament Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmatiga “minalar, kassetali o‘q-dorilar va harbiy portlovchi moddalar qoldiqlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar”ni tozalash uchun masofadan boshqariladigan mashinani topshiradi.

 
Foto: AP
 

“Piyodalarga qarshi minalarni tozalashga qodir bo‘lgan g‘ildirakli avtomashinadan tashqari, Kiyevga beriladigan texnik jihozlar orasida tirkamali yuk mashinasi va uch yilga mo‘ljallangan ehtiyot qismlar partiyasi ham bor”, — deyiladi xabarda.

29-avgust kuni Swiss Digger jamg‘armasi minadan tozalash mashinasini Mudofaa vazirligiga topshirdi. Sentabr oyida Van For Life assotsiatsiyasi ushbu uskunani Ukrainaga yetkazib beradi. O‘z navbatida, Swiss Digger jamg‘armasi ukrainalik mutaxassislarni o‘qitish ishlarini ham tashkil qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »