Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri va viloyatida elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 
 
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va taʼminotchi korxonalar mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahri hamda viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Xususan:

  • Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan tibbiyot muassasasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 396 million so‘m (396 ming kVt/soat);
  • Zangiota tumani “Obod turmush” MFYda fuqaro F.Q.ga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasi tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 318 million 582 ming so‘m (318 ming 582 metr kub) zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur ikki holat natijasida jami 714 million 582 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda qariyb 1,6 mingta, elektr energiyasi esa 2 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yilning 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgan. Bundan oldin Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan korxona elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatishi natijasida tizimga 2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »